«timur ishmetov» tegli maqolalar
29 avgust 2026, 12:45 Iqtisodiyot
Ishmetov investitsiyalarni jalb qilish uchun Markaziy Osiyoda ochiq bozor yaratishni taklif qildi
Markaziy bank rahbari mintaqa mamlakatlari uchun Markaziy Osiyoni investorlar uchun yagona bozor sifatida birgalikda rivojlantirish foydaliroq, deb hisoblaydi.
28 avgust 2026, 18:47 Iqtisodiyot
O‘zbekiston kapital harakatini yanada kengroq liberallashtirishga tayyorlanmoqda — MB raisi
Regulyator islohotlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasini tayyorladi. Hujjat idoralararo kelishilmoqda.
28 avgust 2026, 17:33 Iqtisodiyot
“Biz ularni ham liberallashtiramiz”: Ishmetov — suv va kommunal xizmatlar tariflari haqida
Markaziy bank raisi dunyoda neft, oziq-ovqat va logistika xarajatlarining oshishi O‘zbekistonga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi.
28 avgust 2026, 17:15 Iqtisodiyot
“Markaziy bank to‘liq mustaqil”: Ishmetov stavka bo‘yicha hukumat bosimi yo‘qligini aytdi
Markaziy bank rahbari faoliyat yo‘nalishlaridan biri sifatida milliy valyutadagi moliyalashtirishni yanada rivojlantirishni qayd etdi.
24 avgust 2026, 20:16 Iqtisodiyot
Markaziy bank moslashuvchan va bozorga yo‘naltirilgan so‘m kursini saqlab qoladi — Ishmetov
Regulyator kapital harakati bo‘yicha operatsiyalarni bosqichma-bosqich liberallashtirish hamda bank sektorida davlat ulushini kamaytirish niyatida.
24 avgust 2026, 19:35 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda raqamli so‘m joriy etiladimi? Markaziy bank rejalarini ma’lum qildi
Fintex loyihalarini rivojlantirish uchun innovatsion xab va venchur fond tashkil etildi. Xabning ilk rezidentlari joriy yilning to‘rtinchi choragidan qabul qilinadi.
24 avgust 2026, 19:20 Iqtisodiyot
Markaziy bank 2030-yilgacha mo‘ljallangan strategiyani taqdim etdi
Timur Ishmetov fintex-ekotizimni rivojlantirishning infratuzilma yaratishdan tortib kadrlar tayyorlashgacha bo‘lgan beshta yo‘nalishini ko‘rsatib o‘tdi.
20 iyun 2026, 13:58 Iqtisodiyot
Muammoli kreditlar bank tizimi uchun tahdidli darajada emas — Timur Ishmetov
Markaziy bank raisi bank tizimidagi muammoli kreditlar darajasi boshqariladigan va xavfsiz chegarada saqlanib qolayotganini ma‘lum qildi.
19 iyun 2026, 16:49 Iqtisodiyot
Nega O‘zbekistonda kreditlar qimmat? Markaziy bank izohi
Regulyator kreditlarni ma’muriy usulda arzonlashtirmaydi. Stavkalarning barqaror pasayishi inflyatsiyani jilovlash, bank tizimi transformatsiyasi va raqobatni kuchaytirish orqali ta’minlanadi.
19 iyun 2026, 14:15 Iqtisodiyot
“Maqsad depozit stavkalarini emas, inflyatsiyani pasaytirish”: Markaziy bank raisi depozitlarning yuqori daromadliligi haqida
Timur Ishmetovning ta’kidlashicha, real foiz stavkalarining yuqori bo‘lishi aholini ko‘proq jamg‘arishga undab, inflyatsion bosimlarni kamaytirishga xizmat qiladi.
15 iyun 2026, 18:43 Iqtisodiyot
“Barcha xatarlar hisobga olingan”: Markaziy bank 2027-yilda inflyatsiyaning 5% gacha sekinlashishini kutmoqda
Timur Ishmetov kelgusi yilda inflyatsiya bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichga erishish uchun keskin xatarlar yo‘qligini aytdi.
26 may 2026, 16:43 Iqtisodiyot
“Banklar mijozlar uchun raqobatlashadi, aksincha emas” — Ishmetov kichik biznes uchun moliyaviy bozor haqida
2030-yilga borib kichik va o‘rta biznes kredit portfeli hajmini 3 barobar oshirish va uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 20% ga yetkazish rejalashtirilgan.
2 may 2026, 17:04 Iqtisodiyot
“Xavotirlar asossiz” — Markaziy bank raisi P2P-o‘tkazmalarini nazorat qilish haqida
Timur Ishmetovga ko‘ra, kartadan kartaga o‘tkazmalar aslida maishiy to‘lovlar uchun mo‘ljallanganiga qaramay, amalda biznes maqsadlarida qo‘llash kuzatilmoqda.
29 aprel 2026, 19:57 Iqtisodiyot
Markaziy bank raisi nima uchun asosiy stavka o‘zgarishsiz qoldirilganiga izoh berdi
Timur Ishmetovga ko‘ra, inflyatsiya 7,1% gacha pasaygan bo‘lsa-da, uning sekinlashuvi va tashqi xatarlar saqlanib qolmoqda. Shu bois qat’iy pul-kredit siyosati davom ettiriladi.
29 aprel 2026, 16:11 Iqtisodiyot
1
“Buning salbiy ta’sirini ko‘rmayapmiz” — Markaziy bank raisi naqd pulsiz to‘lovlar haqida
To‘lovlarning 90% dan ortig‘i mavjud bank kartalari orqali amalga oshirilmoqda, ayrim noqulayliklarni bartaraf etish uchun infratuzilma takomillashtirilmoqda.
Markaziy bank Timur Ishmetovning soati go‘yoki 27 ming yevro turishi haqidagi xabarlarni rad etdi
Regulyator matbuot xizmatining qayd etishicha, rais Tissot soatini taqib yurgan, uning narxi 2021-yilda $300−350 ni tashkil qilgan.
20 aprel 2026, 12:17 Iqtisodiyot
“Stavkani oshirish haqida gapirishga hali ancha erta” — Ishmetov inflyatsion xatarlar haqida
Markaziy bank rahbari inflyatsiyaga tashqi shoklarni yumshatish uchun erkin almashuv kursini saqlab qolish muhimligini ta’kidladi.
18 aprel 2026, 18:42 Iqtisodiyot
Yaqin Sharqdagi mojaro O‘zbekistonga ham ta’sir ko‘rsatadi — Markaziy bank raisi
Timur Ishmetov regulyatorning asosiy vazifasi o‘z siyosatini ishlab chiqish uchun xatarlarni to‘g‘ri baholash ekanini ta’kidladi.
26 mart 2026, 16:51 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 10 dan ortiq bank islom moliyasini joriy etishga tayyorlanmoqda — MB raisi
Qonunchilikda an‘anaviy banklardagi islomiy “darchalar” orqali moliyaviy mahsulotlarni taqdim etishga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanadi.
28 yanvar 2026, 20:15 Iqtisodiyot
Markaziy bank so‘m denominatsiyasi va yangi kupyuralar chiqarishni rejalashtirmayapti
Regulyator pul muomalasida aholi va biznesni bezovta qilayotgan masalalarni o‘rganishni boshlagan. Bunday qarorlar faqat inflyatsion targetga erishilgach va chuqur tahlillar asosida ko‘rib chiqilishi mumkin.